Momento Max — VOC talablariga mos keluvchi, suv asosidagi dekorativ yakuniy ichki bo‘yoq. Yumshoq-mat (soft-matte®) teksturasi bilan yuzalarga o‘ziga xos dekorativ ko‘rinish beradi. Active Silicone Technology tufayli ifloslanishlarga, artish va ishqalanishga yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, yuqori yuklamali joylarda ham ishonchli natija beradi. Bo‘yoq ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham rangini, teksturasini va sifatini saqlaydi. Oson qo‘llanadi, yuzaga yaxshi tarqaladi va ish unumdorligini oshiradi. Yuqori yopish qobiliyatiga ega. Yorilmaydi, pufaklanmaydi va qatlamlanmaydi. Keskin hidga ega emas. Ekologik xavfsiz.
Ichki devor va shiftlar
Oldin bo‘yalgan va yangi yuzalar (gruntlangan)
Suvoq
Pasta (shpaklyovka)
Gipsokarton
Beton va sement plitalari
OSB
Shisha tolali yuzalar
Bo‘yash uchun mo‘ljallangan oboylar
Yumshoq-mat (soft-matte®) dekorativ effekt
Artish va yuvishga yuqori chidamlilik
Yuzaki ifloslanishga qarshi mustahkamlik
Rang va teksturaning uzoq muddat saqlanishi
Yuqori yopish qobiliyati
Oson va bir tekis qo‘llanadi
Yorilish, pufaklanish va qatlamlanishsiz
Keskin hidsiz
Ekologik xavfsiz
| Ko‘rsatkich | Qiymati |
|---|---|
| Turi | Suv asosidagi ichki bo‘yoq |
| Tekstura | Yumshoq-mat |
| Texnologiya | Active Silicone Technology |
| Qatlamlar soni | 2 |
| Aralash nisbati (cho‘tka/valik) | 15–20% suv |
| Aralash nisbati (airless) | 10% |
| Sarf | 55–80 ml/m² (1 qatlam) |
| Qoplash maydoni | 13–18 m²/l |
| Qatlamlar oralig‘ida qurish | 4–6 soat |
| To‘liq qurish | 24 soat |
| Qo‘llash harorati | +5…+30 °C |
| Saqlash muddati | 3 yil |
| Qadoq | 2,5 l / 7,5 l / 15 l |